G‘arb G‘azodagi vaziyatda ikkiyuzlamachi pozisiyani egalladi

G‘arb G‘azodagi vaziyatda ikkiyuzlamachi pozisiyani egalladi

G‘arb davlatlari Isroilning yetti oylik tajovuzi davomida o‘n minglab tinch aholi halok bo‘lgan G‘azo sektoridagi voqealarga nisbatan ikkiyuzlamachi pozisiyani egalladi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Xalqaro demokratlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan salohiyatni oshirish va tengdoshlarni o‘rganish seminari ishtirokchilariga murojaat qilar ekan.

«Inson huquqlari bo‘yicha hisobot tuzish bilan band bo‘lganlar 15 ming nafari bolalar bo‘lgan 35 ming falastinlikning o‘limini jimgina kuzatdi. G‘azodagi qirg‘inlar fonida biz yillar davomida bizga demokratiya va erkinlik haqida va’z qilib kelayotgan G‘arb yetakchilarining ikkiyuzlamachi siyosatini juda diqqat bilan kuzatmoqdamiz», — dedi Turkiya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil manfaatlari «G‘arb demokratiyasining chegaralarini belgilaydi». «Isroil manfaatlariga daxldor bo‘lgan har qanday narsa G‘arb nazarida antidemokratik va antisemitizmdir», dedi Prezident Erdog‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!