Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini istisno qilmadi

Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini istisno qilmadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish imkoniyatini istisno qilmasligi haqidagi bayonotini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning G‘arbdagi ittifoqchilari o‘z harakatlari chegarasini aniq belgilash orqali Rossiyaga imkoniyat bermasligi kerak.

"Avval ham aytganimdek, men hech narsani istisno qilmayman, chunki biz qarshilik qilayotganlar hech narsani istisno etmaydi. Agar ruslar frontni yorib o‘tishsa va Ukrainadan rasmiy so‘rov bo‘lsa, shundan keyin bu masalani jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur bo‘lamiz. Aytish mumkinki, bugungi kunda vaziyat bunday emas. Menimcha, bu imkoniyatni inkor etish oxirgi ikki yildagi voqealardan xulosa chiqarmaslik bo‘ladi", — deya o‘z fikrini izohladi Makron The Economist jurnaliga bergan intervyusida.

Prezidentning fikricha, yevropaliklar Rossiyaga “nima qilishi yoki qilmasligimiz haqida to‘liq tasavvur” bermasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!