Turkiya va Gambiya yetakchilari G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Turkiya va Gambiya yetakchilari G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an gambiyalik hamkasbi Adama Berrou bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi aloqa departamenti xabarida aytiladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning ahvoli, Isroilning Falastinga tajovuzi, shuningdek, 4-5 may kunlari Gambiyada bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 15-sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida Turkiya rahbari islom olami G‘azo sektoriga Isroilning hujumlariga chek qo‘yish va BMTning tegishli rezolyusiyalari bajarilishini ta’minlash uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.

Turkiya davlat rahbari IHTning bo‘lajak sammiti doirasidagi muzokaralar va unda qabul qilingan qarorlar samarali bo‘lishiga umid bildirdi.

Uning qayd etishicha, Turkiyani forumda mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan vakil qiladi.

Erdog‘an, Turkiya va Gambiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun kelgusi davrda mushtarak qadamlar tashlanishi mumkinligini ham ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!