Xitoyda avtomobil yo‘lining qulashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda avtomobil yo‘lining qulashi oqibatida 48 kishi halok bo‘ldi

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida tezyurar trassaning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 kishiga yetdi.

Bu haqda «CCTV News» telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report» .

Qayd etilishicha, yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, biroq ularning hayotiga jiddiy xavf solmagan.

Eslatib o‘tamiz, magistralning bir qismi qulaganidan so‘ng 18 ta avtomobil vayronalar ostida qolib ketgan edi. Chiqindilarni tozalash davom etmoqda. Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!