Samarqandda giyohvand o‘simligini parvarish qilayotgan shaxslar ushlandi

Samarqandda giyohvand o‘simligini parvarish qilayotgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1976 y.t. M.A. sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida jinoiy sheriklari Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1992 y.t. X.B. hamda Toshkent shahrida yashovchi 1984 y.t. R.A. bilan birgalikda, 610 tup marixuana giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotgani fosh etilgan.

Yana bir o‘tkazilgan tadbirda esa, Payariq tumanida yashovchi 1970 y.t. A.A. yashash xonadonida 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelgani aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!