Toshkentning uch tumanida 7 may kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi

Toshkentning uch tumanida 7 may kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi ma’lum qilindi

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 7 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Manzillar:

Chilonzor tumani: “Qatortol” hamda “Katta Do‘mbirobod” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirobod tumani: “Baratxo‘ja” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geofizika”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Temuriylar”, “Chingeldi” hamda “Iqtidor” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!