Rossiyada urushga qarshi chiqishlar munosabati bilan 900 dan ortiq kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Rossiyada urushga qarshi chiqishlar munosabati bilan 900 dan ortiq kishiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Urush boshlanganidan buyon Rossiyada urushga qarshi pozisiyasini bildirgani uchun 902 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘ldi. Ularning 260 dan ortig‘i ozodlikdan mahrum qilish joylarida ekani xabar qilinmoqda. Bu haqda DW xabar beradi.

“OVD-Info” huquqni himoya qilish guruhining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga to‘liq hujum boshlaganidan so‘ng odamlar ko‘proq “armiya haqida yolg‘on xabarlar” tarqatgani uchun ta’qib qilinmoqda. Bu moddaga asosan 285 kishi sudlangan yoki sudlanmoqda. “Armiyani obro‘sizlantirish” moddasi bilan 172 kishi sudlanmoqda yoki sudlangan. Jinoiy ishlarni qo‘zg‘atish bo‘yicha uchinchi o‘rinni esa Ukrainadagi urush kontekstida 150 kishiga nisbatan qo‘llanilgan “terrorizmga chaqiriq” moddasi egallaydi.

Urushga qarshi chiqishlar bo‘yicha eng ko‘p jinoiy ishlar Moskvada (159 nafar), Sankt-Peterburgda (77 nafar) va Sverdlovsk viloyatida (29 nafar) qo‘zg‘atilgan. Shu bilan birga, urushga qarshi chiqishlar deyarli barcha Rossiya hududlarida ta’qib qilinmoqda. “OVD-Info” ma’lumotlariga ko‘ra, Checheniston, Qorachoy-Cherkessiya, Nenes Avtonom Okrugi va Bryansk viloyatida urush qarshi chiqishlar bo‘yicha rasmiy ishlar qo‘zg‘atilmagan.

Huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, kamida 67 holatda urushga qarshi chiqishlar bo‘yicha ayblanuvchilar o‘zlariga nisbatan qiynoq qo‘llanilganini ma’lum qilishgan. Urushga qarshi chiqishlar munosabati bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar bo‘yicha 264 nafar shaxs Rossiyadan chiqib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!