“Real“ klubi akademiyasi mutaxassislari O‘zbekistondagi futbol akademiyalarida master-klasslar o‘tkazishadi

“Real“ klubi akademiyasi mutaxassislari O‘zbekistondagi futbol akademiyalarida master-klasslar o‘tkazishadi

Shu yilning iyun oyida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va “Real Madrid“ klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizga Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo‘yicha “Qirollik klubi”ning mutaxassislari tashrif buyurishgani haqida xabar berilgandi.

Tashrif davomida ispaniyalik mutaxassislar ishtirokida bolalar futboli mutaxassislari uchun nazariy seminarlar tashkil qilinib, amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Shuningdek, “Real Madrid“ akademiyasi mutaxassislari yosh futbolchilar uchun master-klasslar ham o‘tkazishdi.

O‘FA va “Real Madrid“ klubi o‘rtasidagi hamkorlikning ikkinchi bosqichiga ko‘ra, shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida yurtimizdagi bir qator iqtidorli bolajonlar Madridga safar uyushtirishdi. Ular Madridda “Real“ klubi akademiyasi, bosh jamoa mashg‘ulot o‘tkazadigan maydon, Santyago Bernabeu“ stadioni bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan futbol sir-asrorlarini o‘rganishdi.

Endilikda “Qirollik klubi“ mutaxassislari o‘zaro hamkorlikning uchinchi bosqichi doirasida yana O‘zbekistonga tashrif buyurishadi. Bu safar ular viloyatlardagi hududiy futbol akademiyalarida bo‘lib, u yerda tarbiyalanayotgan yosh futbolchilar uchun mahorat darslarini o‘tab berishadi.

11 noyabrdan 23 noyabrga qadar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan mahorat darslarida mahalliy futbolchilar va bolalar futboli mutaxassislari ishtirok etishadi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!