Rasman! Vadim Abramov — «Bunyodkor» bosh murabbiysi

Rasman! Vadim Abramov — «Bunyodkor» bosh murabbiysi

O‘zbekiston terma jamoasi hamda Farg‘onaning Neftchi klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentning Bunyodkor klubida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vadim Abramov Bunyodkor bosh murabbiyi! Bir ozdan so‘ng bu haqida batafsil ma’lumot beramiz! , deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vadim Abramov bir nechta klublardan taklif bo‘layotgani va ularning eng yaxshisini tanlashini Turon24 nashriga bergan videointervyusida ta’kidlab o‘tgan edi.

Hozircha murabbiyning qaldirg‘ochlar bilan tuzgan shartnomasi muddati noma’lum bo‘lib turibdi.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!