Qo‘shmachilik kasb bo‘lganmi?..

Qo‘shmachilik kasb bo‘lganmi?..

Muqaddam shunday jinoyati uchun 6 marta sudlangan ayol jinoiy sheriklari bilan birga yana shu jinoyat ko‘chasiga qadam qo‘ydi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida qo‘shmachilikni o‘ziga kasb qilib olgan ayollarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ulardan ikki nafari, ya’ni M.Nasriddinova va S.Qo‘chqarova mazkur jinoyatlari uchun birinchi marotaba sudlangan bo‘lsa-da, ming taassufki, sudlanuvchi M.Sharipova uchun bu safargisi, ikkinchisi yoki uchinchisi emas, naq yettinchi marotaba sudlanishi edi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi Sharipova Maxbuba Xamidovna muqaddam bir necha marotaba sudlanganligidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan, xavfli residivist bo‘lgani holda bir guruh bo‘lib, foxishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish jinoyatini sodir etgan.

Jumladan, 2019 yil 06 noyabr kuni soat 20:30 lar chamasida o‘zining jinoiy sheriklari Nasriddinova Mukarram Xasanboy qizi va Qo‘chqarova Surayyo Turg‘inali qizlari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Namangan shahri, 5 “A”-kichik tuman, 64-uy, 26-xonadonda 300.000 so‘m pul evaziga fuqarolar Tursunboyev Sobitxon Axmadxon o‘g‘li bilan Shokirova Zilola Baxtiyorjon qizini hamda Yunusov Yosinxon Maxmudjon o‘g‘li bilan Qo‘chqarova Barchinoy Axmadali qizilarni jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida M.Nasriddinovadan 200.000 so‘m, S.Qo‘chqarovadan 100.000 so‘m, jami kimyoviy ishlov berilgan 300.000 so‘m pullar holislar ishtirokida tekshirib ko‘rishlik uchun IIBga olingan, shuningdek fuqaro S.Tursunboyevdan bayonnoma orqali olingan 1 dona DVD disk va tadbir jarayonida foydalanilgan 7 dona paketlar daliliy ashyo sifatida e’tirof etilgan.

Sud majlisida M.Sharipova unga nisbatan e’lon qilingan ayblovga iqror emasligini bildirib ko‘rsatma bergan bo‘lsa-da, uning aybi ishda tekshirilgan holatlar, guvohlarning ko‘rsatuvlari, so‘zlashuv stenogrammasi va o‘zining tergovdagi dastlabki “men shu sodir etgan qo‘shmachilik jinoyatimdan qattiq pushaymonman, ikkinchi bunday holatlar qaytarilmaydi, meni kechirib, qonuniy yengillik berishlaringizni iltimos qilaman” deb bergan ko‘rsatmasi bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Yakunda sudlanuvchi M.Sharipova O‘zbekiston Respublikasi 131-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilib, unga shu modda bilan 5 (besh) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Baxtiyor TAVAKKALOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining raisi

Dilmurod ABDULLAJANOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisining yordamchisi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!