Qozog‘istonga ishlash uchun ketgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi falokatga uchradi

Qozog‘istonga ishlash uchun ketgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi falokatga uchradi

27 iyul kuni ertalab Qozog‘istonda Toyota Previa avtomobili ag‘darilib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi va Atirauga ishlashga jo‘natilgan O‘zbekistonning 8 fuqarosi jarohat oldi.

Voqea tafsilotlari Aqto‘be viloyati polisiya bo‘limida e’lon qilindi. Voqea ertalab soat 07.10 da Samara-Chimkent avtomagistralining 996-kilometrida Aqto‘be viloyatining Karabutak qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Atirau viloyatining 36 yoshli fuqarosi Toyota Previa rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashina o‘ng tomonga ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida mashina haydovchisi va jarohat olgan sakkiz nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Barcha yo‘lovchilar O‘zbekiston fuqarolari. Ma’lumotlarga ko‘ra, hamyurtlarimiz Qozog‘istonga Turkiston viloyatining Sarioshash shahridagi "Jibek yo‘li" nazorat-o‘tkazish punkti orqali kelgan va Atirauga ishlashga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!