Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 700 kishidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Hozirga qadar Qozog‘istonda koronavirus oqibatida olti kishi vafot etdi, 51 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

«Bugungi kunga kelib mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 704 ta holat qayd etilgan», — deyiladi xabarda.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 8 aprel tongida infeksiya bilan kasallanish bo‘yicha yana yettita holat qayd etilgan: Qizilo‘rda viloyatida — uchta va Atirau viloyatida esa to‘rtta holat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!