Qozog‘iston transafg‘on temir yo‘llari qurilishida ishtirok etishga tayyor

Qozog‘iston transafg‘on temir yo‘llari qurilishida ishtirok etishga tayyor

Mintaqaviy transport imkoniyatlarini kengaytirish - Qozog‘iston delegasiyasining Afg‘onistonga tashrifining asosiy masalalaridan biridir. Qozog‘iston va Afg‘oniston Bosh vazirlari o‘rinbosarlari Serik Jumang‘arin va Abdul G‘ani Baradarning uchrashuvida tomonlar Markaziy va Janubiy Osiyodagi transport integrasiyasi loyihalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirdilar. Bu haqda Kazinform agentligi Hukumat matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.

Tadbir davomida Qozog‘iston tomonining Transafg‘on yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligi ta’kidlandi: Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar va Hirot – Qandahor – Spin-Buldak temir yo‘llari yo‘nalishlari qurilishi. Loyiha mintaqa mamlakatlari o‘rtasida yuklarni yetkazib berish muddatini qariyb 10 barobarga qisqartirish, shuningdek, yuk tashish narxini pasaytirish imkonini beradi. Qozog‘iston o‘z ishlab chiqargan temir yo‘l ustki konstruksiyalari, shpallar va mahkamlagichlar uchun materiallar yetkazib berish orqali transafg‘on temir yo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyor.

So‘nggi uch yilda Qozog‘istondan Afg‘onistonga eksport yuk tashish hajmi oshib bormoqda: 2023 yilda temir yo‘l transportida tashish hajmi 2,7 million tonnani tashkil etdi, shundan 1,5 million tonnasi un va g‘alladir. Bu 2021 yilga nisbatan 14 foizga ko‘pdir. Kelgusi yillar uchun prognoz eksport hajmini 40 foizga oshirishdir. Shu bilan birga, 2030 yilga borib, transport oqimining o‘sishi uch baravar oshishi kutilmoqda.

Tomonlar, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovini qayta tiklash imkoniyatlarini muhokama qildi. Qozog‘iston va Afg‘oniston aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlarning aviatashuvchilari haftasiga uchta rejalashtirilgan yo‘lovchi/yuk reyslarini amalga oshirish huquqiga ega. Qozog‘iston tomoni afg‘on aviakompaniyalaridan arizalar kelib tushganidan keyin bu masalani ko‘rib chiqishga tayyor.

Bundan tashqari, Serik Jumang‘arin Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Amir Muttaqiy va Savdo va sanoat vaziri Nuriddin Aziziy bilan uchrashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!