Qozog‘iston Senati raisi Nursulton Nazarboyevni 2020 yildagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini bildirdi

Qozog‘iston Senati raisi Nursulton Nazarboyevni 2020 yildagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini bildirdi

Qozog‘iston Senatining raisi Kasimjo‘mart Tokayev Nursulton Nazarboyev 2020 yilda o‘tadigan prezidentlik saylovida o‘z nomzodni ko‘rsatishiga ishonmasligini aytdi:

"Men prezident Nazarboyev 2020 yilda o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishiga ishonmayman. Bunga ishonmasligimning sababi shundaki, u juda dono va aqlli odam. O‘ylaymanki 2020 yilgi prezidentlik saylovini biz amaldagi prezidentdan boshqa nomzodlar ishtirokida o‘tkazamiz",- dedi Tokayev BBC HARDTalk ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Senat raisining fikricha, Nazarboyev 2020 yilda prezidentlikka saylanmasa ham u Qozog‘iston tashqi va ichki siyosatida katta ta’sir kuchiga ega shaxs qatorida qolaveradi.

Joriy yil boshida Qozog‘istonda siyosiy hokimiyat almashinuvi mumkin degan farazlar paydo bo‘lgan edi. Biroq prezident Nursulton Nazarboyev 5 mart kuni hokimiyatdan ketmasligini ma’lum qilgan.

Xalqimizning ishonchli kelajagi uchun ishlaganman, ishlayapman va yana ishlashda davom etaman”, dedi qozoq lideri parlamentning umumiy yig‘ilishida qilgan chiqishida Nazarboyev.

Ma’lumot uchun, 77 yoshdagi Nazarboyev 1991 yildan beri Qozog‘iston prezidenti lavozimida ishlab keladi. U 2015 yili navbatdagi 5 yillik muddatga qayta saylangan edi.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!