Estoniya Rossiya ustidan NATOga murojaat qiladi

Estoniya Rossiya ustidan NATOga murojaat qiladi

Estoniya hukumati Rossiyaning GPS sun’iy yo‘ldosh-navigasiya tizimi signallarini o‘chirgani sababli Yevropa Ittifoqi va NATOga murojaat qilmoqchi, deb yozadi Bloomberg.

«Bu bizning hayotimizni buzadigan, odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yadigan va gibrid hujum deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan qasddan qilingan harakat», dedi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna.

U Finlyandiya, Latviya, Litva va Shvesiyadagi hamkasblari bilan ham ushbu muammoni muhokama qilgan. Vazir vaziyatning o‘zini «juda xavfli masala» deb ta’rifladi.

Avvalroq Polsha va Shvesiya rasmiylari uchuvchilar va kema kapitanlarini mintaqadagi GPS bilan bog‘liq muammolar haqida ogohlantirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!