Qora nondan voz kechmang, chunki...

Qora nondan voz kechmang, chunki...

Ko‘pchilik parhezlar uglevodlarni (bunga non ham kiradi) cheklashga asoslangan. Haqiqatan ham shirin kulcha va oq nonlar vaznni oshirishga yordam beradi. Lekin qora va javdari nondan butunlay voz kechish yaramaydi. Buning sabablari bilan tanishing.

Kletchatkalarga boy

Organizmga ko‘pincha, ayniqsa qishda kletchatkalar yetishmaydi. Kletchatka organizmda vaznni nazorat qilib turuvchi to‘qlik hissini uyg‘otadi. Bir bo‘lak qora non tarkibida uch grammgacha kletchatka mavjud.

Yurak uchun foydali

Non tarkibida qondagi insulin miqdorini va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi B guruhiga mansub bo‘lgan ko‘plab vitaminlar bor.

Vitaminlar

Non tarkibidagi tiamin, riboflavin, niasin tanaga uglevodlarni parchalashda va energiyaga aylantirishda yordam beradi. B6 vitamini asab tizimi faoliyatiga, foli kislotasi esa organizmning tiklash faoliyatiga yordam beradi.

Energiyani oshiradi

Meva va sabzavotlar kabi qora non ham murakkab uglevodlarga kiradi. U ancha vaqtda hazm bo‘ladi va qondagi qand miqdorini ushlab turadi.

Temir moddasiga boy

Temir qon hujayralariga kislorod yetkazish jarayonining bevosita ishtirokchisi hisoblanadi. Bu elementning yetishmasligi oqibatida anemiya, charchoqlik va nafas qisish kasalliklari kelib chiqadi.

Kaloriyasi katta emas

Sendvich bilan nonushta qilishdan unchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, chunki kaloriyasi unchalik ko‘p emas.

Tayyorlash qiyin emas

Sendvich va buterbrodlar — eng qulay yegulik (lanch) hisoblanadi. Ularni bemalol uyda tayyorlashingiz va ishda yoki yo‘lda yeyishingiz mumkin.

Juda mazali

Parhezingizdan sizga yoqadigan oziq-ovqatlarni butunlay chiqarib tashlash yaramaydi. Shuni esda tutingki, o‘zingizni qancha ko‘proq chegaralasangiz shuncha ko‘p yeb qo‘yasiz.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!