Qog‘oz yetishmovchiligi sababli fuqarolar pasport ololmayaptilar

Qog‘oz yetishmovchiligi sababli fuqarolar pasport ololmayaptilar

Zimbabveda pasportlar uchun muhr qog‘ozi tugadi, hujjatni berishning eng yaqin sanasi 2021 yilga ko‘chirildi. Bu haqda 13 oktyabr kuni Janubiy Afrika radiosi SABC xabar berdi.

Pasport olish uchun murojaat qilgan Zimbabve fuqarolari navbatdagi chiqarish sanasi 2021 yil uchun belgilanganligini va hujjatlarni favqulodda berish uchun arizalar soni 280 mingga yetganini bilib olishadi. Shu bilan birga, pasport xizmati xodimlari tushuntirishlaricha kuniga 80 ta pasport chop etiladi.

Mamlakatdagi yuz minglab odamlar turli xil yuridik yoki bank operasiyalarida shaxsini tasdiqlay olmaydigan, shuningdek, chet elga chiqolmaydigan vaziyatga tushib qoldilar. Xususan, shtamp qog‘ozining yo‘qligi boshqa mamlakatlarda o‘z biznesini yuritayotgan tadbirkorlarga ta’sir ko‘rsatdi: Zimbabvedan ketish imkoniyati ular uchun noma’lum muddatga qoldirildi.

Rasmiylarga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakat jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va valyutani sarflash qat’iy cheklangan. Shtamp qog‘ozi Zimbabveda ishlab chiqarilmaydi, u chet eldan sotib olinadi, ammo u ustuvor import qilinadigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!