Qirg‘iziston fuqarolarini G‘azodan evakuasiya qildi

Qirg‘iziston fuqarolarini G‘azodan evakuasiya qildi

Qirg‘izistonning ikki fuqarosi G‘azo sektoridan evakuasiya qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular Qirg‘iziston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar doirasida, shuningdek, vazirlikning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida evakuasiya qilingan. Jarayonda Saudiya Arabistonidagi Qirg‘iziston elchixonasi va Rossiyaning Qohiradagi diplomatik vakolatxonasi ishtirok etgan.

Qirg‘iziston fuqarolarini G‘azo sektoridan muvaffaqiyatli evakuasiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirgan.

“G‘azo sektori hududini tark etmoqchi bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolarini evakuasiya qilish bo‘yicha ishlar davom etadi”, — degan TIV, lekin u yerda qancha odam borligiga aniqlik kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!