Qidiruvdagi "MALIBU" topildi

Qidiruvdagi "MALIBU" topildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 16.02.2021 yildagi ijro hujjatiga asosan A.I dan undiruvchi qarzdor korxona foydasiga jami 56.2 mln. so‘m qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituvga kelib tushgan kundan ijro ishi yurituviga qaratilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli ijro ishi doirasida qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yib, unga tegishli bo‘lgan "MALIBU" rusumli transport vositasiga nisbatan ham bo‘lim tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi va Byuroning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Urganch tumani xududida harakatlanib yurganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida Urganch tumanidagi avtomashinalarni vaqtincha saqlash joyiga olib borilib, avtotransport vositasi xatlandi.

Shundan keyin qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasidan ayrilib qolishini bilib, qarzdorliklarini to‘lab berdi va ijro hujjatlari amalda undirilib tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!