Qashqadaryoda kollej o‘quvchisi ayol kishini do‘pposladi

Qashqadaryoda kollej o‘quvchisi ayol kishini do‘pposladi

2019 yil 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani Tallimarjon shaharchasida yashovchi, Qarshi transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.M. Qarshi shahar 6-mikrorayonda o‘zaro janjal tufayli tanishi, Koson tumani Xalqobod mahallasida yashovchi M.B. (ismli ayol)ning yuz, bosh va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, natijada M.B. kasalxonaga yotqizilib, B.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!