Qashqadaryoda erkak kishi do‘pposlandi. Mushtumzo‘r topildi

Qashqadaryoda erkak kishi do‘pposlandi. Mushtumzo‘r topildi

Qashqadaryo. 2020 yil 12 fevral kuni Chiroqchi tumanida yashovchi S.D. IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 10 fevral kuni uning turmush o‘rtog‘i 29 yoshli T.B. uyiga bosh sohasida tan jarohotlari bilan kelganligi va sog‘lig‘i yomonlashaganligi sababli kasalxonaga murojaat qilganligini ko‘rsatib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar teshiruv o‘tkazilib, 29 yoshli T.B. Xujaabdijabbor qishlog‘ida joylashgan kafelarning birida kaltaklanganligi aniqlangan.

Tekshiruv jarayonida guvohlarning ko‘rsatuvlaridan T.B.ni 19 yoshli K.T. urib og‘ir tan jarohati yetkazganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan K.T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!