Putin Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirdi

Putin Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirdi

Rossiya prezidenti Valdimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotlar rasmiy portaliga joylashtirilgan.

Unga ko‘ra, chet elliklar mavjud fuqaroligidan voz kechmagan holda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin. Ota-onasidan biri Rossiya fuqarosi bo‘lgan, er-xotindan biri Rossiya fuqarosi va nikohda umumiy farzandlari bo‘lgan chet el fuqarolari, shuningdek, Rossiyada doimiy yashaydigan chet el fuqarolari hamda rus tili tashuvchilari soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishlari mumkin.

Bundan tashqari, Belarus, Qozog‘iston, Moldova va Ukraina fuqarolari, shuningdek, SSSR fuqaroligi bo‘lgan va uning tarkibiga kirgan mamlakatlarda istiqomat qiluvchilar uchun ham Rossiya pasportini olish jarayonlari yengillashtirilgan.

Endilikda Rossiya fuqaroligini olish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun barmoq izlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish timiz joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!