Putin armiyaning 2019 yil uchun bosh vazifasini ma’lum qildi

Putin armiyaning 2019 yil uchun bosh vazifasini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligi yig‘ilishida Rossiya armiyasining 2019 yil uchun bosh vazifasi yadroviy uchlik jangovar salohiyatini mustahkamlashdan iboratligini aytdi. Putinning aytishicha, raketalarga qarshi istiqbolli mudofaa tizimlari ni yaxshiroq yenga oladigan zamonaviy qurolga tezroq o‘tish lozim.

Global ustuvorlikni saqlashda muhim rol o‘ynovchi yadroviy uchlik sezilarli mustahkamlandi. Bunda zamovaniy qurol ulushi 82 foizni tashkil qiladi. Dunyoda muqobili yo‘q, eng yangi qurolni rivojlantirishda jiddiy ilg‘or qadamlar amalga oshirildi , deb aytgan Putin.

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, gap Avangard raketa majmuasining seriyali ishlab chiqarilishi boshlangani, Sarmat ning muvaffaqiyatli sinovlari, Kinjal gipertovush majmuasining tajribaviy-jangovar navbatchilik olib borishi, Peresvet jangovar lazer majmualarini qo‘llashni mashq qilish haqida bormoqda.

Putin mudofaa-sanoat majmuasi va qurol-aslaha sohasidagi zamonaviy ishlanmalar mamlakatning xavfsizligini uzoq yillarga ta’minlashga imkon berishini ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga, Rossiya rahbari qurollarga xarajatlar bo‘yicha ustuvor jihatlarni to‘g‘ri belgilay olish, pullarni sochib tashlamaslik, bir rubl ham belgilanmaganmaqsadda ishlatilmasligiga chaqirgan

.Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!