"PSJ"da Messi va Ramosning munosabatlari do‘stona emas

"PSJ"da Messi va Ramosning munosabatlari do‘stona emas

«PSJ» futbolchilari Serxio Ramos va Lionel Messi qanday munosabatda ekanligi malum bo‘ldi.

Marca nashrining L'Equipe nashriga tayanib xabar berishicha, o‘yinchilarning munosabatlari yaxshi bo‘lsa-da, hali do‘st bo‘lishmagan.

"10 yillik "klasiko" qarama-qarshiligini shunchaki yo‘q qilib bo‘lmaydi", dedi vaziyatdan xabardor manba.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ"ga o‘tishdan oldin Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha "Real"da o‘ynagan, Messi esa 2003 yildan 2021 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!