Prezident: "15 yoshimgacha to‘yib ovqat yemaganman"

Prezident: "15 yoshimgacha to‘yib ovqat yemaganman"

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hayotiy qiyinchiliklar unga ijobiy ta’sir o‘tkazganini aytdi, deb yozadi «daryo.uz».

«Men urushdan keyin mutlaq kambag‘allikda yashagan oddiy qishloq yigiti bo‘lganman, kiyishga kiyimim bo‘lmagan, 15 yoshimgacha to‘yib ovqat yeganimni eslay olmayman. Biroq balki bundan odam yanada sog‘lomroq bo‘lar», — dedi u Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Fuqarolar forumida.

Nazarboyevning aytib berishicha, kasbiy-texnika bilim yurtida orttirgan po‘lat erituvchilik kasbi unga katta yordam bergan. U qiyin sharoitlarda domna pechi yonida mehnat qilgan: «1500 daraja issiqlikdagi metall, orqa tomonda harorat minus 40, oldinda esa — plyus 1000 daraja».

Qozog‘iston yetakchisi yoshlarni mehnatga tayyor turishga va adolatsizliklarni yengib o‘tishni o‘rganishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!