Pragada ikki yo‘lovchi avtobus to‘qnashdi

Pragada ikki yo‘lovchi avtobus to‘qnashdi

Praga Hodov tumani hududida ikkita avtobus to‘qnashdi. Natijada taxminan 30 kishi, jumladan, bolalar ham jabrlandi, deya xabar berdi “Mk.ru”.

Qayd etilishicha, avtobuslar past tezlikda harakatlangani bois yo‘lovchilar yengil jarohatlar olishgan.

Voqea joyiga tibbiy vertolyot chaqirilgan, shuningdek, oltita tez yordam mashinasi ham jalb etilgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!