Pandemiya: Insoniyat ikki yo‘l oldida turibdi

Pandemiya: Insoniyat ikki yo‘l oldida turibdi

Koronavirus pandemiyasi atrofidagi global inqiroz «bundan avvalgidek chiqa olmaydigan» odamlarning turmush tarzini o‘zgartirmoqda.

Bu haqda Papa Fransisk BMTning Bosh assambleyasidagi nutqi davomida ma’lum qildi.

«Ushbu inqiroz bizning turmush tarzimizni o‘zgartiradi, iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy tizimimizni shubha ostiga qo‘yadi, shuningdek, insoniy zaifligimizni ochib beradi», - deya ta’kidlamoqda Papa.

Uning fikriga ko‘ra, pandemiya yoki «resurslarning tengsiz taqsimlanishiga asoslangan boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farqni kengaytiradigan» turmush tarzini o‘zgartirish va qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi yoki «ko‘proq individualizm va elitizm tomon» ortga qaytishga sabab bo‘ladi.

«Biz ikkita sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikki yo‘l oldida turibmiz. Shulardan biri global umumiy mas’uliyat tuyg‘usi yangilanishining aksi sifatida multilateralizm (ko‘p tomonlama aloqalar)ning mustahkamlanishiga olib keladi. Yana biri esa kambag‘allar, zaif odamlar va hayotning eng chekkalarida yashovchilarni hisobga olmaganda, o‘z kuchigagina ishonish, millatchilik, proteksionizm, individualizm va yakkalanish holatini keltirib chiqaradi. Bu yo‘l, shak-shubhasiz, butun jamiyatga zarar yetkazadi. U g‘olib chiqmasligi kerak», deydi Papa Fransisk.

O‘z navbatida, pandemiya asosiy sog‘liqni saqlash xizmatlarining har tomonlama bo‘lishi zarurligini ko‘rsatganini ta’kidlagan Rim-katolik cherkovi rahbari shu munosabat bilan davlatlar va farmasevtika sanoati rahbarlarini COVID-19ga qarshi vaksinalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun «kuchlarini ayamaslikka» chaqirdi va «Biz gumanitar inqirozlarning ayni paytdagi holatga aylanganini tan olishimiz kerak», deya qayd etdi.

Vatikan rahbari o‘z nutqi davomida pandemiyaning mehnat bozori uchun salbiy oqibatlari, migrasiya va inson huquqlarining buzilishi, shu jumladan, dini sababli ta’qiblarga uchrash holatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

" COVID-19 inqirozining bolalarga, shu jumladan, hamrohsiz yosh migrantlar va qochqinlarga bo‘lgan halokatli ta’sirini tan olishdan bosh tortolmaymiz«, deya qo‘shimcha qilgan Papa Fransisk bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ko‘payganiga ishora qilib, »bir qator mamlakatlar va tashkilotlarning abortni pandemiyaga qarshi insonparvarlik choralarida ko‘rsatiladigan muhim xizmatlardan biri sifatida targ‘ib qilayotganidan" afsus bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT tinchlik uchun yanada samarali «ustaxonaga» aylanishi kerak. Zero, bu yaqindagina pandemiya sharoitida yarashishga chaqirish bilan ham tasdiqlandi.

«Shu munosabat bilan men davlatlarni o‘z fuqarolariga yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashni qiyinlashtiradigan xalqaro sanksiyalarni yumshatish muhimligini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Zero, pandemiya bizni bir-birimizsiz yashay olmasligimizni yoki undan ham yomoni, bir-birimizga qarshi tura olmasligimizni ko‘rsatdi», dedi Papa so‘zining oxirida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!