Pandemiya davridagi urush. Dunyo nega karantinda ham tinch o‘tirmadi?

A A A
Pandemiya davridagi urush. Dunyo nega karantinda ham tinch o‘tirmadi?

Insoniyat umumiy dushman - koronavirus bilan kurashmoqda, shu tufayli barcha urushlarda tanaffus qilib turish kerak, degandi mart oyi oxirida BMT bosh kotibi. Dunyo uning chaqiriqlariga e’tibor qaratmadi va harbiy nizolarni davom ettirdi. Nima uchun?

O‘tmishda Yevropada kuzatilgan halokatli epidemiyalar insoniyatni tezroq murosaga keltirgan: XIV asrdagi vabo fransuzlar va inglizlarni Yuz yillik urushni yakunlab qurollarni qinga solishga va sulh tuzishga majburlagandi. Yuz yil muqaddam «ispanka» epidemiyasi ham urushuvchi tomonlarning sillasini quritib, Birinchi jahon tezroq yakunlanishiga «xizmat qilgandi».

Bugun esa zambaraklar tinmayapti. BMT rahbarining urushni karantinga jo‘natishni so‘rab qilgan murojaatlari ham, Rim papasining birdam bo‘lish va jipslashishga chaqirgan so‘zlari ham, gumanitar tashkilotlarning bir paytda urush va virus balosi qarshisida ojiz qolgan odamlarning aholi haqidagi ogohlantirishlari e’tiborsiz qoldirildi, deydi "Kun.uz".

Pandemiya davrida ham yana yuz minglab odamlar uysiz qochqinlarga aylandi.

«Odamlar urushda o‘layotgan va urush tufayli uylarini tashlab ketib, ochlikka mahkum bo‘layotgan mahalda BMT Xavfsizlik kengashi a’zolalari xuddi qum maydonidagi bolalar kabi bahslashishmoqda. Hozir bolalar o‘yini vaqti emas», deya g‘azabini yashirmaydi Norvegiya qochqinlar bo‘yicha kengashi rahbari Yan Egelann.

BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari - beshta yadroviy barqudrat davlat (derjava) o‘zaro doimiy kelishmovchiliklar tufayli global sulh bo‘yincha rezolyusiya qabul qila olishmadi.

Hujjatning birinchi varianti uning matnida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nomi eslab o‘tilgani tufayli AQSh tomonidan rad etildi - Amerika hukumati bu tashkilotni Xitoy bilan qalin aloqalari tufayli ayblab kelmoqda. JSST eslanmagan ikkinchi va 90 kunlik sulhni nazarda tutgan rezolyusiya esa hali muhokama qilinmadi.

Agar yirik davlatlar o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi chaqiriqlar atrofida birlasha olishmasa, bir necha davlatlar va terrorchi guruhlar ishtirokidagi qurolli harakatlar to‘xtamaydi.

Hal qiluvchi qat’iy harakatlarni amalga oshirish imkoni boy berildi.

BMTning Inqirozlar bo‘yicha xalqaro guruhi vakili Richard Gouanning hisoblashicha, diplomatlar bahslashishni davom ettirayotgan vaqtda sulhga erishish uchun imkoniyatlar darichasi yopildi.

Urush ketayotgan joylarda koronavirus yanada o‘limvor: shifoxonalar vayron qilingan yoki haddan ortiq yuklama bilan ishlamoqda, harbiy harakatlar tufayli xalqaro missiyalar shifokorlari bemorlar joylashgan hududlarga yetib bora olmayapti. Sog‘lom odamlar ham jabr chekishmoqda: siyosatchilar harakatsizligicha qolar ekan, odamlar och qolmoqda, deya ogohlantiradi BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi.

Tashkilot rahbari Devid Bizlining aytishicha, hozirdayam o‘nlab davlatlarda milliondan ortiq kishi ochdan o‘lish xavfi ostida yashamoqda, vaziyat yanada yomonlashsa 30ga yaqin davlatda ocharchilik boshlanishi mumkin.

Xalqaro valyuta fondi baholariga ko‘ra, pandemiya va uning oqibatlaridan asosan nizolar tufayli kuchsizlashgan davlatlar katta zarba oladi.

Umuman olganda, fond prognozlariga ko‘ra, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari iqtisodiyoti bu yili 7 foizga qisqaradi, holbuki o‘tgan yili bu hududlarda 2,6 foizlik o‘sish qayd etilgandi. Daromadlar jiddiy ravishda pasayadi, pul o‘tkazmalari to‘xtaydi - bu esa xorijdagi qarindoshlari yuboradigan pullarga qaram bo‘lgan ko‘pchilik uchun yashab qolishning yagona manbasi hisoblanadi.

Amerikalik tadqiqotchilar, terrorchi guruhlar qashshoqlik tufayli yoshlarni yollashi osonlashishidan xavfsirashmoqda.

Hamon urushlar davom etmoqda

Dunyodagi 200dan ortiq davlatdan 30-40tasida qurollli harakatlar davom etmoqda. Ularning aksaridagi tomonlar sulh tuzmoqchi emas.

«Qurolli ziddiyatlar hududi haqida ma’lumot yig‘ish dasturi» (Acled) 43ta davlatni sanagan, Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) esa o‘z tadqiqotlarida 33 raqamini keltirgan.

IISS hisobotida mualliflar so‘nggi yillarda urushlar tusi o‘zgarganini qayd etishgan.

Urushda birato‘la bir necha qudratli davlatlar ishtirok etayotgan bo‘lsa va bu davlatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam armiya orqali emas, o‘z ta’siridagi kuchlar - isyonchilar, jangarilar, yollanma askarlar, terrorchilik tarmoqlari va boshqa jinoiy tashkilotlar orqali urush olib borayotgan bo‘lsa tinchlik muzokaralari o‘tkazish yanada qiyinlashib ketadi.

Shu tufayli, dunyodagi urushlarning 60 foizi 10 yildan kam davom etmasligi ajablanarli emas.

Acled hisob-kitoblariga ko‘ra, BMTning tinchlik chaqirig‘iga 43 davlatdan faqat 10tasida reaksiya qilingan, shundan faqat 2ta davlatda harbiy harakatlar chindan to‘xtatilgan.

«31 davlatdagi urushlar ishtirokchilari global sulh haqidagi chaqiriqlarni nafaqat inkor etdi, ba’zi joylarda, masalan, Iroq, Meksika, Mozambik va Braziliyada harbiy harakatlar yanada faollashdi. Umuman olganda, global tinchlikka chaqiriqlar natija bermadi», deyiladi Acled hisobotida.

Guruhlardan davlatlargacha

Dunyoning turli davlatlaridagi bir necha harbiy guruhlar urush boltasini ko‘mishga rozi bo‘lishdi, ammo ko‘p hollarda faqat yoki qisqa muddatga tinchlik o‘rnatildi, yoki ikkinchi tomon harbiy harakatlarni to‘xtatishga qo‘shilmadi, demakki, haqiqiy sulhga erishilmadi.

Evropa tinchlik instituti rahbari Maykl Kitingning fikricha esa, ko‘plab guruhlar qurollarni topshirish o‘rniga aksincha, virus keng tarqalishidan foydalanib, o‘z pozisiyalarini mustahkamladi.

«Ular birinchi navbatda epidemiya o‘zlariga qanday yordam berishi mumkinligini o‘ylashdi. Turli muxolif guruhlar koronavirusdan foydalangan holda shu vaqtgacha qila olmagan ishlarini qilib olishni ko‘zlashmoqda», deya ekspertning so‘zlarini keltirgan Financial Times.

Masalan, Somalidagi «Ash-Shabob» guruhi xristianlarni koronavirus tarqalishida ayblashgan, kasallikni esa musulmonlarga bo‘lgan yomon munosabat uchun jazo sifatida baholashgan.

«Tolibon» Afg‘onistonda vaziyatdan qamoqxonalardagi safdoshlari chiqarib olinishida foydalanmoqda.

ISHID vakillari esa koronavirusni Allohning G‘arb dunyosiga qarshi yuborgan askarlari deb atadi.

«Boko Haram» jangarilari esa Sahroyi kabir atrofidagi hududlarga (Chad, Mali, Niger, Mavritaniya va Burkino-Faso) hujumlarni faollashtirdi.

Amerikalik olimlar Nisha Bellinjer va Kayl Kattelmanning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus qashshoq davlatlarni yanada qashshoqlashtirmoqda va bu terrorchi guruhlar o‘z saflarini to‘ldirishida qo‘l kelmoqda.

«Boko Haram» ancha vaqtdan buyon qashshoq oilalarning farzandlarini yollashga odatlangan, Pokistondagi Kashmirni Hindistondan ajratib olish uchun kurashuvchi «Lashkari Toyiba» va «Jayshi Muhammad» guruhlari ham guruhga sodiqlik uchun jangarilarning oila a’zolariga yordam va’da qiladi.

Dunyo virus bilan kurashda band bo‘lib, boshqa frontlar haqida unutganidan foydalangan ISHID Suriya va Iroqda qator hujumlarni amalga oshirdi va bu bilan ushbu radikal guruh mintaqada o‘zini tiklashi bo‘yicha xavotirlarni tasdiqladi.

Washington Institute mutaxassisi Aaron Zelinning so‘zlariga ko‘ra, guruhning «uyqudagi bo‘limlari» harakatga kelgan, AQSh ISHID ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonilgani haqida e’lon qilganida ham jangarilar Iroq va Suriya shimolida mavjudligini saqlab qolgandi. Bu bo‘linmalar prezident Bashar Asad rejimidan norozi bo‘lganlarni osonlik bilan o‘z safiga yollamoqda.

Ramazon oyida Iroqda 300dan ortiq hujum ro‘y berdi va buning oqibatida 400dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Bundan tashqari, ISHIDning turli filiallari Suriya, Misr, Nigeriya, Niger, Kongo va Mozambikdagi hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan.

Kimlar sulh e’lon qildi va bu qanday davom etdi:

  • Liviyadagi ziddiyat tomonlari avvaliga tinchlik bo‘yicha chaqiriqlarni ma’qullashdi, ammo mintaqada harbiy harakatlar to‘xtamadi. 15 mart kuni Tripolidagi rasmiy hukumat rahbari Foiz Saroj va sharqdagi hududlarni o‘z nazoratiga olgan general Xalifa Haftar kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kuchaygani, tinch aholi vakillari va shifoxonalarga hujumlar uyushtirilgani xabar qilindi. 2011 yilda Muammar Qazzofiyning o‘limidan keyin parchalangan mamlakatda davom etayotgan fuqarolar urushida xorij kuchlari ham qatnashmoqda - vaziyatga kamida 12 davlat aloqador. 2019 yil aprelida Tripoliga yurish boshlagan Haftar shu vaqtgacha muvaffaqiyatga erisha olmadi, 2020 yil aprelida esa u o‘zini Liviyaning qonuniy hukmdori deb e’lon qildi, ammo bir oy o‘tib uning armiyasi poytaxt qamalini to‘xtatib, chekindi. Endilikda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Saroj armiyasi Haftar tarafdorlari ta’siriga o‘tgan hududlarni qaytarib olishni boshladi. So‘nggi kunlarda qo‘shni davlat - Misr vaziyatga aralashmoqda. Ushbu davlat prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Misr armiyasi Liviyaga kirishga va G‘arb kuchlariga qarshi kurashda qabilalarni (Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasini ham) qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni va BAA Misrning Liviyadagi harbiy harakatlarini moliyalashtirishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
  • 24 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Guterrishning sulh to‘g‘risidagi chaqirig‘ini olqishladi, 26 mart kuni esa Ukraina YEXHT orqali Rossiyadan pandemiya davrida Donbassda tinchlik o‘rnatilishini ta’minlashni so‘radi. Rossiya TIV 24 mart kuni BMT bosh kotibining chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlagandi, ammo vazirlik saytida dunyodagi ziddiyatlar ro‘yxatida Ukraina ko‘rsatilmagandi. Rossiya Ukraina sharqida o‘z armiyasi qismlari joylashtirilganini rad etib keladi va u yerda faqat rossiyalik ko‘ngillilar bo‘lishi mumkinligini tan oladi. Aprelda Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bir necha bor buzildi.
  • 2015 yilda husiychilarga qarshi kurashda Yaman hukumatini qo‘llab urushga qo‘shilgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya 9 aprel kuni Yamanda ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi haqida e’lon qildi, keyin bu muddat bir oyga uzaytirildi. Lekin shia muxolifatchilari sulhga amal qilmadi va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramay aviazarbalar berilishi davom etdi. Dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biriga aylangan Yamanda 6 yillik urush davida 100 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
  • Rossiya va Turkiya 5 mart kuni Suriyaning Idlibida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv mintaqaga koronavirus epidemiyasi kirib kelgan vaqtga to‘g‘ri keldi va qurolli to‘qnashuvlar tanaffus oldi. Gutterishning chaqirig‘iga mart oyi oxirida Suriya demokratik kuchlari (SDF) ijobiy reaksiya qilishdi. Ammo aprel oyi oxirida Turkiya Suriyani o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda va Idlibga bosimni kuchaytirishda aybladi.
  • 1 aprel kuni toliblar o‘z nazoratlarida bo‘lgan hududlarda (Afg‘onistonning 15 foiz hududi) harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyorliklarini ma’lum qilishdi), ammo afg‘on hukumati bilan to‘liq sulh tuzishmadi. 23 aprel kuni «Tolibon» prezident Ashraf G‘anining muqaddas Ramazon oyida qurollarni topshirish to‘g‘risidagi taklifini rad etishdi. Toliblar epidemiyadan o‘zlarini mamlakatdagi muqobil hokimiyat sifatida ko‘rsatishda foydalanishdi. Ular aholiga oziq-ovqat, tibbiy niqoblar tarqatishdi va virusdan himoyalanish yo‘llarini o‘rgatishdi.
  • Kolumbiyada 50 yildan buyon hukumat bilan kurashib kelayotgan «Milliy ozodlik armiyasi» 1 aprel kuni 1 oy muddatga sulh haqida e’lon qilishdi, ammo Kolumbiya hukumati o‘ziga bunday majburiyatni olmadi. 19 apreldan esa boshlangan haftada esa uyushtirilgan hujumlar soni yil bo‘yicha rekord darajaga yetdi.
  • Kamerun janubidagi isyonchilar 22 mart kuni ikki haftalik o‘t ochish rejimi haqida e’lon qilishgandi, ammo Acled hisobotiga ko‘ra, mamlakatdagi boshqa ayirmachi guruhlar tinchlik tashabbusini qo‘llamagan va Kamerun hukumati bilan yarashmagan.
  • Filippindagi kommunist isyonchilar mart oyida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qilishgandi, ko‘p o‘tmay hukumat ham tinchlik tashabbusiga qo‘shilishdi. Ammo janglar butkul to‘xtamadi.
  • Hindistonda naksalitlar deb ataluvchi maochi jangarilar 5 aprel kuni tinchlik haqida e’lon qilishgandi va hukumatga javob uchun 5 kun muhlat berishdi. Hind hukumati esa ultimatumga e’tiborsizlik bilan qaradi. Shundan keyin isyonchilar ham mahalliy darajadagi hujumlarini davom ettirishdi.
  • 8 aprel kuni «Milliy ozodlik armiyasi - Papua ozodligi harakati» - Indoneziyadan sharqiy provinsiyalarini (G‘arbiy Papua va Papua) ajratib olish uchun kurashuvchi radikal guruh sulhga tayyorligini e’lon qildi. Indoneziya hukumati bunga hech qanday munosabat bildirmadi, Acled tomonidan qayd etilishicha, mintaqada zo‘ravonlik harakatlari ham to‘xtamagan. .
  • May oyida Myanma barcha isyonchi guruhlar bilan sulh tuzishga tayyorligini ma’lum qilgandi, faqat Rakxayn shtatida hukumatga qarshi kurashni davom ettirayotgan rohingyalar bundan mustasno edi.
  • Tailanddagi ayirmachilar harakati - «Milliy inqilobiy front» (BRN) 17 mart kuni davlat muassasasini portlatdi, u yerda koronavirusga qarshi choralar muhokama qilinayotgandi. Ikki hafta o‘tib, 3 aprel kuni guruh vakillari qurollarni topshirishga rozilik bildirishdi. Tailand hukumati va musulmon diniga mansub ayirmachilarning Malayziya bilan chegara hududidagi to‘qnashuvlari 2004 yildan buyon davom etib keladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Rossiya Eronga harbiy yordamni kuchaytirmoqda

Шу билан бирга, Москва Украина урушида тўплаган тажрибасига асосланиб дрон тактикаси бўйича маслаҳат бермоқда

"Menda IPad bor, u yerda osmondagi har bir nishonni ko‘ra olaman"

Агар биз Амирликлардаги "Шаҳид"ни тўхтатишимиз керак бўлса, биз буни қила оламиз.

"Biz jonimizni fido qilishga tayyormiz"

Таслим бўлишни талаб қилганлар энди Ҳўрмуз бўғозини очишда ёрдам сўрашмоқда

10 million dollar mukofot: "Biz buni tekinga amalga oshirdik..."

Биз ҳали ҳам Мужтабо Хоминаийни кўрмадик, бу Эрон режими учун ёмон ҳолат бошланганини англатади

Netanyaxu eronliklar Navro‘zni xotirjam nishonlashi uchun Larijoniyni o‘ldirganini aytdi

“Ўтган 24 соат ичида биз ушбу мустабид тузумнинг энг юқори бўғинидаги иккита террорчи етакчисини йўқ қилдик. Бизнинг самолётларимиз террорчи гумашталарга бевосита ерда, чоррахаларда ва шаҳар майдонларида зарба бермоқда.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Афғонистон расмийларининг маълумоти бўйича камида 400 киши ҳалок бўлган ва тахминан 250 киши яраланган.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.

Tramp: «NATO — bu biz»

АҚШ президенти Дональд Трампнинг айтишича, НАТОнинг асосий кучи АҚШ ҳисобланади.

Jizzaxda direktor bilan til biriktirgan tezkor vakil ushlandi

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг (ИЖҚКД) катта тезкор вакилига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Britaniyalik diplomat AQShning Erondagi operasiyasini muvaffaqiyatsizlik deb atadi

Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

The Wall Street Journal нашрининг хабар беришича, Эронга алоқадор деб ҳисобланган хакерлар АҚШда йирик киберҳужум уюштирган.

Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ogohlantirish berdi

Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.