Ozodbek Nazarbekov Pushkin asos solgan gazeta rahbari bilan uchrashdi

Ozodbek Nazarbekov Pushkin asos solgan gazeta rahbari bilan uchrashdi

Kecha, 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Rossiya Federasiyasining «Literaturnaya gazeta» bosh muharriri Aleksey Shavlov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki davlatda madaniyat va san’at sohasini keng yoritish, hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashish kabi takliflar ilgari surdi.

Ma’lumot uchun, «Literaturnaya gazeta» 1830 yildan buyon 500 000 tirajda chop etiladi, uning asoschichi A.S.Pushkin hisoblanadi.

Manba: xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!