Ota-ona 8 yoshli qizining ikki barmog‘ini kesib tashladi

Ota-ona 8 yoshli qizining ikki barmog‘ini kesib tashladi

Buryatiyada ota-ona sakkiz yoshli qizining ikki barmog‘ini kesib tashlagan. Znak.com nashri asrab olingan bolalarni tarbiyalaydigan Ulan-Ude shahridan bo‘lgan katta oilada sodir bo‘lgan voqea haqida yozmoqda.

Hodisa munosabati bilan respublikaning Ijtimoiy himoya vazirligi tekshiruv o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, oilada ota-ona ikkita o‘z farzandi va uchta asrandi farzandni tarbiyalamoqda.

Jabrlanuvchi xonadoshlariga onasi uni "shaytonligi" uchun qattiq jazolaganini aytdi.

Xabar qilinishicha, qizcha operasiya qilingan va uyiga qaytishdan qo‘rqadi, chunki u yerda kaltaklanishi mumkin. Xabarda aytilishicha, kasalxonada bemorning tanasida ko‘karishlar topilgan.

Biroq Tergov qo‘mitasi kesilgan barmoqlar haqidagi ma’lumotni rad etadi, deb yozadi RIA Novosti. «Barmoqlar kesilganligi to‘g‘risida ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uchinchi barmoqda ozgina jarohat bor», - deyiladi agentlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!