Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasida 11 ta davlat ishtirok etadi

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasida 11 ta davlat ishtirok etadi

Toshkentda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Yevrosiyo ligasining navbatdagi bosqichi boshlandi. Jahon kubogiga saralash vazifasini o‘tab beradigan mazkur turnirga 11 mamlakatdan ishtirokchilar tashrif buyurgan.

Musobaqaning birinchi kunida chavandozlar balandligi 120 va 140 smni tashkil etuvchi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha 4 yo‘nalishda kuch sinashishdi.

Yakunda 🇰🇬qirg‘izistonlik Andrey Tryapisin (“Florizel” laqabli tulporda), 🇰🇿qozog‘istonlik Shingiz Malikajdar (“YU-Kor De Lya Vil”), 🇰🇬qirg‘izistonlik Kamil Sabitov (“Dartanyan”) va 🇧🇾belaruslik Sergey Antanovich (“Kausar”) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 🇺🇿Hamyurtlarimiz orasida Xurshidbek Alimjonov (“Leyman”), Alisher Erkinov (“Prins Kornet”), Oqil Sobirjonov (“Los Anjeles”), A’zam Tolibboyev (“Bozart Du Ruyet 5”) sovrindorlar qatoridan joy olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!