OAV: Ochilboy Ramatov O‘FA rahbarligidan ketishi kutilmoqda

OAV: Ochilboy Ramatov O‘FA rahbarligidan ketishi kutilmoqda

13 iyun kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga FIFA referesi Ravshan Ermatov tayinlanishi kutilmoqda. «Tribuna.uz»ning ma’lum qilishicha, O‘FAda prezident ham o‘zgaradi.

Nashr manbasi xabariga ko‘ra, 2018 yil 25 yanvardan buyon O‘FA prezidenti bo‘lib ishlab kelayotgan Ochilboy Ramatov lavozimini tark etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ochilboy Ramatov O‘FA prezidentligidan tashqari bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va transport vaziri lavozimlarida ham ishlab kelmoqda.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston futbolini amaldorlar boshqarishi yangilik emas. O‘FFni 12 yil boshqargan Mirabror Usmonov o‘z vaqtida mamlakat savdo vaziri bo‘lgan. O‘FFda rahbar bo‘lgan vaqtida esa u senator ham edi.

Usmonovdan oldin ham rasmiy shaxslar o‘zbek futboli rahbariyatida ishlagan. 1995-2005 yillarda o‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri bo‘lib ishlagan general-polkovnik Zokir Almatov bir vaqtning o‘zida O‘FFga ham rahbar bo‘lgan. 2008-2009 yillarda esa hozirda DXX raisi bo‘lib ishlayotgan, o‘sha vaqtda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan Abdusalom Azizov O‘FF vise-prezidenti bo‘lgan.

O‘FAning yangi rahbariyati bugun tashkilot binosida o‘tkaziladigan yig‘ilishda aniq bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!