Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchta mustaqil korxonaga bo‘lindi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchta mustaqil korxonaga bo‘lindi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati uchta mustaqil korxonaga bo‘lindi, deb xabar berdi NKMK matbuot xizmati.

1 yanvardan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ (qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi), «Navoiyuran» davlat korxonasi (tabiiy uran va nodir yer metallarini qazib olish va qayta ishlash) hamda «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» tashkil etildi.

Zavodni qayta tashkil etish O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 6 martdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Sentyabr oyida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hukumat NKMKni xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda kompaniya aksiyalarining 10−15 foizigacha sotilishi mumkin.

«Bu O‘zbekistonning yillik daromadi 5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan ega eng yirik kompaniyasi», — degandi vazir. U shuningdek, 2024 yilga borib kompaniya aksiyalarining maksimal 10−15 foizini IPOga chiqarish ham rejalashtirilganini qo‘shimcha qilgan. Yakuniy qarorni prezident qabul qiladi.

Sentyabr oyida zavod o‘zining investisiya dasturini moliyalashtirish uchun Rossiya VTB bankidan 1 mlrrd dollar kredit jalb qilgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!