Namangan viloyati Uychi tumanida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligoni tashkil etiladi

Namangan viloyati Uychi tumanida Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligoni tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida bo‘sh turgan 0,7 ga yer maydonida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining o‘quv poligoni tashkil etiladi.

O‘quv poligonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda departament tarkibiy va hududiy bo‘linmalari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini muntazam oshirib borish;

departament tezkor harakatlar otryadi bilan amaliy-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali xodimlarning jangovar shayligini oshirish;

departament tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nostandart vaziyatlarda xodimlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv yig‘inlari tashkil etish.

1. yil 31 dekabrga qadar o‘quv poligonini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi va 2025 yil 31 dekabrga qadar qurilish ishlari yakuniga yetkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!