Nahotki?! Hindistonda bitta shifokorga 11 ming kishi to‘g‘ri keladi

Nahotki?! Hindistonda bitta shifokorga 11 ming kishi to‘g‘ri keladi

Hindistonda bitta davlat shifokoriga 10 926 nafar hind to‘g‘ri keladi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, bitta davlat doktoriga bemorlar soni mingtadan oshmasligi kerak. Bu haqda Hindiston sog‘liqni saqlash axborot markaziy boshqarmasi tomonidan tayyorlangan «Milliy salomatlik ko‘rinishi» ma’ruzasida aytilgan. 

Hukumat statistikasiga tayanilsa, zarur professional malakaga ega va tibbiy kengashlar shtatida ro‘yxatdan o‘tgan an’anaviy tibbiyot shifokorlari soni 2018 yilda 43 581 tani tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, 2017 yil bilan taqqoslanganda mazkur sohada sertifikatlangan davlat mutaxassislari soni 2 210 kishiga qisqargan. Shu bilan birga sertifikatlangan noan’anaviy tibbiyot yoki ayurveda shifokorlari sonining barqaror o‘sishi kuzatilgan: 2017-2018 yillarda mazkur ko‘rsatkich 773 mingdan 799 ming nafarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!