Nahotki! Angela Merkel “yo‘qoldi”

Nahotki! Angela Merkel “yo‘qoldi”

Germaniyaning federal kansleri Angela Merkel deyarli bir hafta mobaynida ommaga ko‘rinmadi, deya yozadi “Bild”.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Merkel turmush o‘rtog‘i Yoaxim Zauer bilan birga Bayreytsk festivaliga tashrif buyurgan. Ammo kanslerning eri italyan kurortiga yolg‘iz jo‘nab ketgan.

Xabarlarga qaraganda, Angela Merkelning ish jadvali avgust oyida bo‘sh bo‘lganligi bois u hech qanday majlislarda ishtirok etmagan.

Mamlakat hukumati kanslerning hamon ishlayotgani va ular bilan aloqada ekanligini ta’kidladi. Biroq ba’zi nashrlar Merkelning ta’tilga chiqqanligini ilgari surmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!