Muqaddam 4 marotaba sudlangan shovvoz yana jinoyat ko‘chasiga kirib qoldi

Muqaddam 4 marotaba sudlangan shovvoz yana jinoyat ko‘chasiga kirib qoldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi binosida, ochiq sud majlisida, N.Sharopov raisligida, sudlanuvchi T.X.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, sudlanuvchi T. X. muqaddam bir necha marotaba sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanib, oxirgi marotaba jinoyat ishlari bo‘yicha ....... viloyati sudi 2012 yil 1 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 159-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari, 2441-moddasi 3-qismining “a” bandi, 2442-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, mazkur jazoni ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida o‘tayotgan bo‘lsada, bundan o‘ziga ijobiy xulosa chiqarib, tuzalish yo‘liga o‘tmasdan, yana qasddan yangi jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zi bilan birgalikda jazoni o‘tayotgan D.K.bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, 2018 yil 03 sentyabr kuni taxminan soat 03:20 larda transport vositasini o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida, ....... viloyati ....... shahri “.....” mahalla fuqarolar yig‘ini, “........” ko‘chasi 14-uy oldida turgan fuqaro M.E. nomiga rasmiylashtirilgan “Neksiya” rusumli 00 Z 975 LA davlat raqamli avtomashinani kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina saloniga kirib, o‘t oldirib, olib qochib, avtomashinani jinoyat joyidan o‘zi ishlab kelayotgan Buxoro shahri .......... ko‘chasida joylashgan “..........” MCHJning binosi oldiga qadar boshqarib kelib, sodir etgan jinoyatini izini yo‘qotish uchun “Neksiya” rusumli 00 Z 975 LA  davlat raqamli avtomashinani kuzov va dvigatel raqamlarini egov yordamida o‘chirib, avtomashina salonida bo‘lgan fuqaro M.E.ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasportini, “Neksiya” rusumli 00 Z 975 LA  davlat raqamli avtomashinani texnik pasportini kuydirish yo‘li bilan, avtomashinani 00 Z 975 LA davlat raqam belgisini sindirish yo‘li bilan yo‘q qilib, avtomashinani ........ viloyati ...... tumanida yashovchi fuqaro YU.M.ga jinoiy sherigi D.K.ning qarzi evaziga garov sifatida berib yuborganlar.

Bundan tashqari, T. X. va o‘zi bilan birgalikda jazoni D.K.bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, o‘zlarining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2018 yil 04 noyabr kuni taxminan soat 00:45 larda transport vositasini takroran o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilib, o‘g‘irlangan transport vositalarini sotib tekin daromad olish maqsadida, Buxoro shahar Xalqlar do‘stligi ko‘chasida joylashgan “..........” qo‘shma korxonasi binosi oldiga borib, u yerda turgan fuqaro SH.R.ning nomiga rasmiylashtirilgan “Jentra” rusumli 00 A 051 LA davlat raqamli avtomashinaning chap tomon orqa eshigiga o‘rnatilgan oynasini tosh bo‘lagi bilan sindirish yo‘li bilan avtomashina saloniga kirib, salonda bo‘lgan avtomashinani o‘zini kaliti bilan o‘t oldirib, olib qochib, avtomashinani jinoyat joyidan o‘zi istiqomat qilgan ........viloyati ........shahri ........  ko‘chasi 29-A-uyga qadar boshqarib borib, yo‘lda ketayotgan vaqtida sodir etgan jinoyatini izini yo‘qotish maqsadida avtomashina salonida bo‘lgan fuqaro SH.R ga tegishli bo‘lgan fuqarolik pasportini, haydovchilik guvohnomasini, ogohlantirish talonini va SH.R.ga tegishli plastik kartochkasini kuydirish yo‘li bilan, avtomashinani “00 A 051 LA” davlat raqam belgisini sindirish yo‘li bilan nobud qilib, avtomashinada bo‘lgan jami 1.562.000 so‘m naqd pullarni olib, mazkur transport vositasini kelgusida boshqa fuqarolarga sotish maqsadida qayta jihozlab, transport vositasini takroran o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir qilganlar.

Sudlanuvchi T.X. sud majlisida, aybiga qisman iqrorlik bildirib, muqaddam bir necha marotaba sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanib, oxirgi marotaba 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilganligini, 2018 yil iyun oyida Buxoro viloyati ..... tumanida bo‘lgan  00-sonli jazoni ijro etish muassasasiga kelganligini, jazoni ijro etish muassasasiga borganidan keyin uni Buxoro shahrida bo‘lgan “........” korxonasiga ishga yuborishganligini, ishga borganidan keyin u yerda unga oldindan tanish bo‘lgan D.K.ni ko‘rganligini, jazoni o‘tab turgan vaqtida oilasini sog‘inganligi va ularni ko‘rish uchun 2018 yil 02 sentyabr kuni soat 22 larda Buxoro shahrida bo‘lgan ......... korxonasidan chiqib, Buxoro shahrida bo‘lgan ........ shahriga bormasdan aylanma yo‘l oldida bo‘lgan ......... viloyatiga olib boruvchi taksilarga borganligini, u yerda bir “Neksiya” rusumli sariq rangli davlat raqami esida bo‘lmagan avtomashina bilan ......... viloyatiga borish uchun gaplashib, 100.000 so‘mga kelishganligini, soat 02 larda ......... shahriga kirganidan keyin yo‘lda bo‘lgan choyxonalarni birida tushib qolganligini, soat 03 lardan o‘tganidan keyin uyiga ketayotgan vaqtida  hovlilar orasida bo‘lgan bir uyni oldida och ko‘k rangli “Neksiya” rusumli avtomashina turganligini ko‘rganligini va ushbu avtomashina oldiga borib, atrofini aylanib, hech kim yo‘qligiga amin bo‘lganidan keyin ushbu avtomashinani o‘zida bo‘lgan va oldinda saqlab kelayotgan kalit yordamida ochib, ushbu avtomashinani to‘g‘ri uyiga haydab borganligini, uyini oldiga avtomashinani qo‘yib, uyda bo‘lgan amakisini o‘g‘li B.R. tomonidan olib kelingan 20 litr benzin yoqilg‘isini uyidan olib chiqib, avtomashinaga solib, uydan chiqib soat 08 lardan o‘tganidan keyin Buxoro shahriga kelganligini, Buxoro shahriga kelganidan keyin “.........” korxonasiga bo‘lgan ikkinchi darvozadan qorovulni ruxsati bilan ........ korxonasida bo‘lgan kontenrni orqa qismiga avtomashinani yashirib qo‘yganligini, kuzov raqamlari va dvigatel raqamlarini esa egov topib, o‘chirganligini, 2018 yil 03 yoki 04 sentyabr kuni tanishi K. “Neksiya” avtomashinasini ko‘rib, kimga tegishli ekanligi to‘g‘risida undan so‘raganligini, u esa Turkman o‘rtoqlari olib kelib berganligini, oradan bir ikki kun o‘tganidan keyin K unga qarzi borligini aytganidan keyin u “K.ga mashinani qarzing hisobiga berib yubor, ikkalamiz keyin kelishamiz” deb aytganidan keyin, K avtomashinani unga notanish bo‘lgan fuqarolarga berib yuborganligini, K.dan avtomashina uchun pul yoki moddiy qiymatga ega bo‘lgan narsalarni olmaganligini, shuningdek 2018 yil 03 noyabr kuni soat 09 larda o‘zi ishlab kelayotgan “........” fermer xo‘jaligiga ishga borib ishlaganligini, qo‘l telefonidan qizining +998-90-000-00-00 raqamiga qo‘ng‘iroq kelganligini, qizi undan 11 noyabr kuni tug‘ilgan kuni ekanligini o‘rtoqlari bilan birgalikda nishonlamoqchi ekanligini, aytganidan keyin unga tug‘ilgan kunini nishonlashini aytib, qo‘l telefonini o‘chirib, soat 17 lardan o‘tganidan keyin ishlarni tugatganidan keyin fermer xo‘jaligini yotoqxonasiga borib dam olganligini, pul topishni o‘ylab, soat 21 larda ....... tumanidan piyoda chiqib, Buxoro shahriga qarab ketayotgan vaqtida bir “Matiz” rusumli sariq rangli avtomashina kelganligini va u ushbu avtomashinani saqlab, Buxoro shahriga olib borishini aytganligini, taksi uni Buxoro shahrida bo‘lgan avtomashinalar bozori oldiga keltirib qo‘yganligini, soat 24 lardan o‘tganidan keyin avtomashina bozoridan Buxoro shahri markaziga qarab ketayotgan vaqtida o‘ng tomonda bir korxona borligini va ushbu korxona oldida bir oq rangli “Jentra” rusumli 00 A 051 LA davlat raqamli avtomashina turganligini ko‘rganligini, so‘ng esa unda ushbu avtomashinani olib qochish maqsadida paydo bo‘lganligini, atrofda hech kim yo‘qligiga amin bo‘lganidan keyin ushbu avtomashinani oldiga borib, o‘ng tomon qismidan qaragan vaqtida avtomashinani kaliti o‘zida ekanligini ko‘rib, o‘sha yerda bo‘lgan tosh bo‘lagini olib, avtomashinani chap tomon orqa shishani sindirib, tezda avtomashinaga o‘tirib o‘t oldirib, ....... viloyatiga borish uchun yo‘lga chiqqanligini, ......  tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lidan adashganligini, shu vaqtda uni qo‘l telefoniga K. qo‘ng‘iroq qilib, unga qayerda ekanligi to‘g‘risida so‘raganligini, u K.ga adashib qolganini aytib, ...........  o‘rtoqlari kelganligini, sotishga avtomashina olib kelganligini aytganidan keyin K  unga orqaga qaytishni aytganidan keyin ....... tumani “.........” qishlog‘ida avtomashinani saqlab, o‘sha yerda avtomashinani yukxonasida bo‘lgan atvorki bilan davlat raqam belgilarini yechib olib, ...... shahriga olib boruvchi katta avtomobil yo‘liga K bilan uchrashganligini, uchrashgan vaqtida K  o‘ziga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan o‘tirganligini, K ga “aka meni turkman o‘rtoqlarim avtomashinani sotish uchun tashlab ketdi shu mashinani sotish kerak, avtomashinani uyimga qo‘yib kelaylik, qaytishga mashina yo‘q, meni olib kelasiz” deb aytganidan keyin K  unga yo‘lni ko‘rsatib, o‘zi yoqilg‘i olish uchun qolganligini, u esa olib qochgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi boshqarib, ...... shahrida bo‘lgan uyiga qadar boshqarib borib, yo‘lda ketayotgan vaqtida ya’ni ......... tumanidan o‘tib ....... viloyati ....... tumani hududiga borgunga qadar ushbu davlat raqam belgilarini sindirib, yo‘lga ketgunga qadar uloqtirib ketganligini, Qashqadaryo viloyati .......  tumani hududiga yetib borganidan keyin esa avtomashinani salonini ko‘zdan kechirib, avtomashina bardachogi va barini ko‘rgan vaqtida fuqarolik pasporti, avtomashinani texnik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ogohlantirish taloni va bir nechta qog‘ozlar borligini ko‘rib, ushbu hujjatlar va qog‘ozlarni olib avtomashinani saqlab, barcha hujjatlarni va qog‘ozlarni yoqib yuborganligini va yo‘lni davom ettirganligini, soat 04 larda ...... shahriga yetib borib, o‘zi istiqomat qilgan uyiga borib, qizi SH.ga darvozani ochishini mashina olib kelganini aytib, qizi darvozani ochganidan keyin mashinani uyiga kiritib qo‘yib, ertaga bir kishi kelib mashinani olib ketishini aytib, K. bilan birgalikda Buxoro shahriga qaytib kelganligini, K.ga ertasi kuni avtomashinani ........ o‘tgunga qadar oynasi singanligini, shuni tuzatish kerakligini, shu uchun o‘g‘liga aytishni so‘raganidan keyin K o‘g‘li SH.ga qo‘ng‘iroq qilib aytganligini va Sh avtomashinani sotish uchun tayyorlaganligini, 2018 yil 08 noyabr kuni soat 19 larda uni qo‘l telefoniga qizi SH. qo‘ng‘iroq qilib, unga uyiga ichki ishlar xodimlari borganligini va uni so‘rayotganligini aytganidan keyin qo‘l telefonini qo‘yib, K.ga avtomashina o‘g‘irlanganligini aytganligini va ko‘p vaqt o‘tmasdan uni oldiga ichki ishlar xodimlari kelib, K. bilan birgalikda Buxoro shahri IIBga olib kelishganligini, K.ning ikkalla avtomashinani o‘g‘rilaganidan xabari yo‘qligini, qonuniy yengillik berishni bildirib ko‘rsatma berdi.

T.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “a,b,g” bandlari, 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilsin.

Unga:

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “a,b,g” bandlari bilan bilan JKning 57-moddasi qo‘llab, 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan bilan bilan 2 (ikki) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha T.X.ga uzil-kesil 6 (olti) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin.

T.X.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha ........ viloyat sudining 2012 yil 01 noyabr kunidagi hukmi bilan tayinlangan ozodlikdan maxrum qilish jazosining o‘talmay qolgan qismini O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasiga asosan mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil kesil 7 (etti) yil muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlansin.

T.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli residivist deb topilsin.

Jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilansin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudi raisi                                                         N.Sharopov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudi raisi                                                         N.Sharopov

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!