Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdimi?

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bundan bir necha oy oldin Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari o‘rtasida haj ziyorati uchun belgilangan kvotadan o‘rin talashib, janjal kelib chiqqanligi haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda.

Shuningdek, Haj ziyorati uchun pora olish bilan bog‘liq xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan, tuhmat va bo‘xton hisoblanadi.

Fuqarolar tomonidan Haj bilan bog‘liq masalalarda korrupsion holatlar kuzatilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

Bu kabi xabarlar tarmoq foydalanuvchilari orasida turli noto‘g‘ri fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘lishini inobatga olib, tarqatmaslik so‘raladi.

Ta’kidlash lozimki, yolg‘on va asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!