Muammoning to‘rttasi joyida hal etildi

Muammoning to‘rttasi joyida hal etildi

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Bahronov viloyatning Tomdi tumanidagi “Keriz” ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda viloyatdagi davlat idoralari va tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Qabulda ovul ahli tomonidan ta’lim, uy-joy, ichimlik suvi, yoqilg‘i ta’minoti, madaniyat maskanlarini qayta ta’mirlash bilan bog‘liq 10 dan ziyod masala muhokamaga qo‘yildi.

Muammolarning 4 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar atroflicha o‘rganish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazoratga olindi. Shuningdek, sayyor qabul davomida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

– Anchadan beri ishsiz yurgan edim, – deydi Aysuluv Izbenbetova. – Bugun mana o‘zimga munosib ish topdim. Ovulimizdagi qishloq vrachlik punktiga ishga kirdim. Bundan juda xursandman. 

Maba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!