Mirziyoyev ertaga Yangi yildagi ilk tashrifni amalga oshiradi

Mirziyoyev ertaga Yangi yildagi ilk tashrifni amalga oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida ertaga, 10 yanvar kuni Samarqand viloyatiga jo‘nab ketadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Davlat rahbari Samarqandda 10-11 yanvar kunlari bo‘lishi kutilmoqda.

Tashrifdan asosiy maqsad viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar, investision loyihalar bilan tanishish, topshiriqlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishdan iborat.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi farmoni bilan mamlakatda Hadis ilmi maktabi tashkil etildi. Prezidentning Samarqandga tashrifi doirasi Hadis ilmi maktabi va Imom Buxoriy ilmiy-ilmiy tadqiqot markazining loyihalari ham taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqandga tashrifidan Xalq deputatlari viloyat kengashi a’zolari va faollar bilan yig‘ilish ham o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!