Metrodagi avariyada bir kishi halok bo‘ldi

Metrodagi avariyada bir kishi halok bo‘ldi

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Xitoyning Chunsin shahri metrosida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa oqibatida bir kishi hayotdan ko‘z yumgan, jarohatlanganlar uch nafar. 30 yo‘lovchi zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Qayd etilishicha, shahar metrosi halqa yo‘lidagi avariya kecha mahalliy vaqt bilan 17:00 atrofida bekatlar oralig‘idagi himoya eshiklarida texnik nosozlik tufayli yuz bergan. Hodisada sostav relsdan chiqib ketmagan.

Avariya bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.​​

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!