Maxfiy hujjat: AQSh Rossiyaning kirdikorlarini fosh etmoqchi

Maxfiy hujjat: AQSh Rossiyaning kirdikorlarini fosh etmoqchi

Rossiyaning 2016 yilgi Amerika prezidentlik saylovlariga "aralashuvi" to‘g‘risidagi hisobotning yakuniy qismi maxfiy versiyasi deyarli yakunlandi. AQSh Senatining Maxsus razvedka qo‘mitasi hujjatni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Maxsus qo‘mitaning vaqtincha rahbari, senator Marko Rubio va rais o‘rinbosari Mark Uorner xabar berdi.

Yaqin kunlarda qo‘mita barcha qo‘shimcha fikrlarni tinglaydi va keng jamoatchilikka taqdim etiladigan hujjatning so‘nggi variantini tayyorlaydi.

Hisobotda Rossiya 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblanmoqda. Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni AQSh Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasining axborot tizimiga "bostirib kirgan" — hujum Rossiya hokimiyatiga yaqin bo‘lgan Cozy Bear va Fancy Bear nomli ikki xakerlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan.

Rossiya hukumati voqeaga aloqadorligini rad etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!