Mavluda Asalxo‘java ishtirok etgan "karantindagi to‘y"ga rasmiy izoh berildi

Mavluda Asalxo‘java ishtirok etgan "karantindagi to‘y"ga rasmiy izoh berildi

Internet tarmog‘ida Yunusobod tumanidagi xususiy uylarning birida to‘y o‘tkazilgani aks etgan video tarqaldi. Marosimda o‘zbek estradasining taniqli xonandasi ishtirok etgani videorolikni tomosha qilganlarning e’tiborini tortdi. Foydalanuvchilar video ostida qoldirilayotgan sharhlarda tadbir ishtirokchilarini karantin davrida tartibni buzganlikda ayblamoqdalar.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilib, quyidagilar ma’lum bo‘ldi. Tadbir 22 mart kuni – Respublika maxsus komissiyasining mamlakatimiz fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinishi haqidagi qarori kuchga kirishidan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek ma’lum qilamizki, to‘y kuyovning – 28 yoshli SH.S.ning uyida o‘tkazilgan bo‘lib, tadbirda 3 nafar erkak, kelin va 6 ta ayol hamda xonanda M.A. ishtirok etganlar. Xonanda uchta qo‘shiq kuylagach, tadbirni tark etgan. SH.S. to‘y o‘tkazishi haqida oldindan mahalla raisini va profilaktika inspektorini ogohlantirgan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!