Markaziy Osiyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda

Markaziy Osiyoga oziq-ovqat yetishmovchiligi xavf solmoqda

11 dekabrda e’lon qilingan Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyoda 14 mln nafar odam va 4,7 mln nafar bola to‘yib ovqat yemaslikdan aziyat chekmoqda, deb yozadi "Turon 24".

Mintaqada 2014 yildan to‘yib ovqat yemaslik darajasi kamayish o‘rniga 6 foiz atrofida to‘xtab qolgan. 2016-2017 yillarda Markaziy Osiyodagi to‘yib ovqat yemayotgan odamlar soni umumiy ma’noda bir oz ko‘paydi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, erkaklar va ayollar o‘rtasida to‘yib ovqat yemaslik borasida tengsizlik mavjud. Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining boshqa davlatlarida erkaklarga qaraganda ayollar o‘rtasida oziq-ovqat bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik ko‘proq darajada ekanligi kuzatilgan.

Mintaqada ortiqcha vazn va semirishdan aziyat chekayotgan odamlar soni ortib borayotgani ham jiddiy tashvish tug‘diradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2000-2016 yillar davomida mintaqada katta yoshdagilar orasida semirish va bolalar o‘rtasida ortiqcha vazn darajasi to‘xtovsiz o‘sib borganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, mintaqaning to‘rtdan bir qismi – 200 mln atrofidagi odam semirishga yuz tutgan.

OQT tomonidan tayyorlangan “2018 yilda Yevropa va Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishning mintaqaviy tahlili” nomli hisobotda ovqatlanish rasioni kaloriyasi, to‘yib ovqatlanmaslik va oziqlanish ko‘rsatkichi, bo‘y o‘sishdan ortda qolish va to‘xtab qolish, kamqonlik, ortiqcha vazn va semirish, ovqatlanish rasionidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar tahlili keltirilgan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!