Markaziy Osiyoda Yangi yil: eng ko‘p dam olish kunlari — o‘zbekistonliklarda

Markaziy Osiyoda Yangi yil: eng ko‘p dam olish kunlari — o‘zbekistonliklarda

Tojikiston aholisi Yangi yil bayram kunlarida atigi bir kun dam oladi: «Bayram kunlari to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, Yangi yil bayram kunlarida faqat 1 yanvargina dam olish kuni hisoblanadi, deb yozadi «ASIA-Plus».

O‘zbekiston aholisining bu borada ko‘proq omadi chopdi: Yangi yil sharafiga o‘zbekistonliklar ketma-ket besh kun — 2018 yilning 30 dekabridan 2019 yilning 3 yanvarigacha dam oladi. Qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etilganligi sababli ikki shanba — 2018 yilning 29 dekabr va 2019 yilning 5 yanvar kunlari ish kuni bo‘ladi.

Qozog‘iston aholisi Yangi yilda to‘rt kun dam oladi. Qozog‘istonliklar 30 dekabrdan dam olishni boshlaydi. 31 dekabr, 1 va 2 yanvar kunlari ham bayram kunlari hisoblanadi.

Qo‘shni Qirg‘izistonda ham to‘rt kun — 30 dekabrdan 3 yanvargacha dam olish kunlari hisoblanadi. Turkmanistonda ham Tojikistondagi kabi Yangi yilda atigi bir kun — 1 yanvar kuni dam olishadi.

Eslatib o‘tamiz, «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni imzolanganligi haqida xabar berilgan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!