Lukashenko Putinga o‘z tomorqasidan bir necha qop kartoshka sovg‘a qildi

Lukashenko Putinga o‘z tomorqasidan bir necha qop kartoshka sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yilga belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkodan sovg‘a sifatida 4 qop eng yaxshi navdagi kartoshka oldi.

Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmontning ma’lum qilishicha, kartoshka prezident tomorqasida yetishtirilgan. Uning aytishicha, Lukashenko avvalgi uchrashuvlaridan birida Putindan Belarusdan unga nima olib kelishi mumkinligi haqida qiziqqan. Putin bunga javoban Belarusdan yana nima ham so‘rash mumkin? Kartoshka va salo-da , deb javob qaytargan.

Eysmontning ta’kidlashicha, Belarus rahbari Putinga turlicha usulda tayyorlash uchun turli navdagi 4 qop kartoshka olib kelgan.

Prezident tomorqasidan eng yaxshi, super navdagi kartoshka , deb aytgan Eysmont.

Lukashenko Rossiyaga avvalgi safari vaqtida rossiyalik hamkasbiga salo sovg‘a qilgandi.

Lukashenko joriy haftada Putin bilan ikki marta 25 va 29 dekabrda uchrashdi. Ikki davlat yetakchisi Ittifoqdosh davlat tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni va soliq manyovrlarini muhokama qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!