Lukashenko muxolifat va ularning kuratorlarida Belarusning Kobrin tumanini bosib olish va u yerda yangi hukumatni e’lon qilish rejasi borligini aytdi

Lukashenko muxolifat va ularning kuratorlarida Belarusning Kobrin tumanini bosib olish va u yerda yangi hukumatni e’lon qilish rejasi borligini aytdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko muxolifat va ularning kuratorlarida Belarusning Kobrin tumanini bosib olish va u yerda yangi hukumatni e’lon qilish rejasi borligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Kobrin zabt etilganidan so‘ng, "xoin"lar qo‘shin yuborish uchun NATOga murojaat qilmoqchi. Janubdagi Brest viloyatining Kobrin tumani Ukrainaning Volin viloyati bilan chegaradosh.

Avvalroq Belarus maxsus xizmatlari Litva hududidan Minskdagi nishonlarga uchuvchisiz havo hujumlarining oldi olingani haqida ma’lumot bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!