LED-chiroqlar ko‘z uchun zararlimi?

LED-chiroqlar ko‘z uchun zararlimi?

Energiya tejovchi chiroqlar (lampalar) elektr energiyasi iste’moli jihatidan an’anaviy cho‘g‘lanma lampalarga nisbatan tejamkor ekanligi ma’lum. Ularni ham ikki turga bo‘lish mumkin: simob bug‘i asosida yorituvchi (lyuminessent) hamda yorug‘lik-diodli (LED) lampalar.

Bular orasida LED-chiroqlar eng tejamkori va xavfsizi hisoblanadi, lekin fransiyalik mutaxassislar bu fikrni inkor etishyapti. Ushbu mamlakatning Oziq-ovqat, atrof-muhit, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi (Agency for Food, Environment and Occupational Health and Safety ANSES) e’lon qilgan hisobotda shunday deyiladi.

Mazkur hujjatda ta’kidlanishicha, LED-chiroqlar ko‘zning to‘r pardasi hujayralari buzilishiga va ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

LED-lampalar (svetodiodlar) xonalarni yoritishda eng yaxshi variant hisoblanib keladi, chunki ular judayam kam quvvat talab qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy yorug‘lik-diodli lampalarni smartfon orqali boshqarish, masalan yorqinligini va rangini sozlash mumkin.

Shunga qaramasdan, ANSES ekspertlari ularni salomatlik uchun zararli, deb topishdi. Bundan tashqari, intensivligi past bo‘lgan chiroqlardan muntazam foydalanish ko‘z to‘r pardasining qarish jarayonini tezlashtirib, turli kasalliklarga olib kelishi mumkin, deyishmoqda ular.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!