Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dori vositalarini birvarakayiga qo‘llash mumkinmi?

Koronavirusni davolashda tavsiya etilgan dori vositalarini birvarakayiga qo‘llash mumkinmi?

Nodir Haydarov, Shtab a’zosi, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori:

— Nega «COVID-19» bilan kasallanganlarni davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar, tavsiya etilayotgan dori-darmonlarning turlari o‘zgarib turibdi?

—  Ayni paytda mamlakatimizda «COVID-19» bilan kasallanganlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalarining yettinchi nashri amal qilmoqda. Bundan oldin davo muolajalarining oltita nashri e’lon qilingan edi. Vaqt o‘tishi, virusning mutasiyaga uchrashi hamda uning o‘zini namoyon etishi evolyusiyaga uchramoqda, buning natijasida esa, davolash standartlari ham o‘zgarib bormoqda. Masalan, oldingi nashrga binoan yengil va o‘rta og‘ir darajadagi bemorlarga tavsiya qilingan dorilar hozirda butun dunyoda bo‘lgani kabi bizda ham mutaxassislar fikri inobatga olinib, maxsus ko‘rsatmaga binoan ayrim bemorlargagina beriladigan bo‘ldi. 

Virusning har bir mintaqa, har bir iqlimda o‘ziga hos mutasiyaga uchrash holati kuzatilmoqda. Buyuk Britaniya yoki AQShning iqlim sharoiti biznikidan tubdan farq qilgani uchun ularning tavsiyalari doim ham bizga mos kelavermaydi. Shuningdek, hozirda bemorlarga virusga qarshi “Favipiravir” preparati tavsiya etilmoqda. “Favipiravir” (“Avigan”) dori vositasi Afrikadagi Ebola virusiga qarshi o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Shu bois virusga qarshi samarodorligi isbotlangan “Favipiravir”ni koronavirusning yengil darajalarida faqat shifokor tavsiyasi asosida qabul qilish ham mum


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!