Koronavirus: O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan test tizimlari qachon foydalanishga beriladi?

Koronavirus: O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan test tizimlari qachon foydalanishga beriladi?

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

❓Hozirda davlat ixtiyorida nechta test tizimi mavjud? O‘zimizning mutaxassislar ishlab chiqayotgan test tizimlari qachon foydalanishga beriladi?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda polimeraza zanjirli reaksiyasini aniqlaydigan 200 mingdan ortiq test mavjud. Innovasion rivojlanish vazirligi ilg‘or texnologiyalar markazi direktori ma’lumot berishicha, ular oy oxirigacha 50 ming test tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Bunga qadar ular Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida klinik sinovlarni yakunlab, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga hujjatlarni taqdim etishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!